top of page
Bizning hikoyamiz qanday boshlandi
2017-yilda “ZO’R TOVUQ” kichik bir orzudan boshlandi: odamlar sifatli, halol va hamyonbop mahsulot topa oladigan brend yaratish. O‘sha vaqtda yo‘l oson emasdi — har bir qadamda mehnat, izlanish va halollik turardi.
Lekin bir narsa o‘zgarmadi: biz har doim odamlarning dasturxoniga mazali va foydali taom olib kirishni o‘z oldimizga maqsad qildik. Bizning hikoyamiz odamlar uchun yaratilgan oddiy orzudan boshlandi. Bugun esa bu orzu minglab oilalarga baraka olib kelmoqda.

Orzu va qarashlarimiz
Bugun biz kuniga 30 tonnadan ortiq mahsulot ishlab chiqaramiz, yirik do‘konlar va bozorlardagi talabni qondiramiz. Minglab oilalarning dasturxonida ishonchli tanlovga aylandik.
Lekin bu — faqat boshlanishi.
Yangi fabrikamiz ishga tushishi bilan biz yiliga 10 ming tonnadan ortiq mahsulot yetkazib, butun O‘zbekiston va qo‘shni davlatlarga halollik va sifat ramzi bo‘lib kirib boramiz.
Biz bilan bog'laning
Savollaringiz, takliflaringiz yoki hamkorlik bo‘yicha murojaatingiz bormi? Quyidagi formani to‘ldiring, biz sizga tezda javob qaytaramiz.

bottom of page