5 Sentyabr, 2025
Yangi Avlod Parrandachilik

"ZO’R TOVUQ TRADE" MCHJ va LANDMECO hamda SKOV: Yangi avlod broyler fabrikasi
Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumanida zamonaviy broyler jo‘ja yetishtirish fabrikasini barpo etmoqda.
Loyiha doirasida kompaniya Daniyaning yetakchi brendi LANDMECO kompaniyasi bilan strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.
Bu hamkorlikning asosiy maqsadi — O‘zbekistondagi parrandaсhilik sohasiga xalqaro tajriba, innovatsion texnologiyalar va barqaror samaradorlikni joriy etishdir.
🌿 Innovatsiya va o‘sish — LANDMECO yechimlari bilan
LANDMECO broyler ishlab chiqarishda o‘sish, bir xillik va samaradorlikni ta’minlaydigan aqlli yechimlarni taklif qiladi.
🚀 Kompaniyaning patentlangan lotokli oziqlantirish tizimi jo‘jalarning birinchi kunlaridanok tabiiy xatti-harakatlarini rag‘batlantiradi. Bu esa:
tez o‘sishni,
mo‘ljallangan vaznga qisqa vaqt ichida erishishni,
ozuqa konversiyasini yaxshilashni va
foydadorlikni oshirishni ta’minlaydi.
LANDMECO tizimlari oddiy, ishonchli va uzoq muddatli ishlash uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, ular tozalashda oson, texnik xizmat ko‘rsatishda qulay va qo‘l mehnatini kamaytiradi. Shu bilan birga, jo‘jalarning farovonligi sezilarli darajada yaxshilanadi.
🌬 Iqlim va havo nazorati — SKOV texnologiyalari bilan
Loyiha doirasida SKOV kompaniyasi fabrikkaning ventilyatsiya, isitish va mikroiqlim boshqaruv tizimlarini ta’minlaydi. Bu yechimlar har bir gala uchun barqaror harorat va havo almashinuvini ta’minlab, qushlar sog‘lom o‘sishiga sharoit yaratadi.
SKOVning avtomatlashtirilgan tizimlari yordamida operatorlar fabrikadagi barcha muhit parametrlarini aniq va onlayn rejimida boshqarishi mumkin bo‘ladi.
🏭 Yangi fabrika — barqaror va samarali ishlab chiqarish uchun
"ZO’R TOVUQ TRADE" MCHJ uchun bu fabrika nafaqat yangi ishlab chiqarish quvvati, balki ekologik toza, halol va tabiiy parranda mahsulotlari ishlab chiqarishning yangi bosqichini anglatadi.
Fabrika ishga tushgach, u yuqori sifatli broyler jo‘jalarini yetishtirish va mamlakatimizdagi, shuningdek, eksport bozorlaridagi talabni qondirish imkonini yaratadi.
🤝 Hamkorlik va kelajak
LANDMECO (www.landmeco.uz) kompaniyasi bilan yo‘lga qo‘yilgan bu hamkorlik "ZO’R TOVUQ TRADE" MCHJning parrandaсhilik sohasidagi yetakchilik pozitsiyasini yanada mustahkamlaydi.
Biz bilan bog'laning
Savollaringiz, takliflaringiz yoki hamkorlik bo‘yicha murojaatingiz bormi? Quyidagi formani to‘ldiring, biz sizga tezda javob qaytaramiz.







